1. Jamiyat tijorat tashkiloti bo’lib, uning asosiy maqsadi molia-xo'jalik faoliyatidan foyda olishdir.
2. Quyidagilar Jamiyat faoliatining asosiy harakatlari va faoliyat yunalishlari xisobladi:
moddiy ishlab chiqarish borasida:
- transformator va electro-texnika maxsulotlari, plastmassa, metall, yog’och va boshqa maxalliy xomashyolardan xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va sotish;
- buyurtma yoki boshqa usullarda jamiyat uchun ishlab chiqarish va boshqa ob'ektlarni qurish va texnika qayta qurollashtirish, qayta ta'mirlash bo'yicha ishlarni amalga oshirish;
- iste'molchilarning buyurtmalariga ko'ra loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish;
xizmat ko'rsatish sohasida:
- korxona va tashkilotlarning buyurtmalariga ko’ra, transformeator mahsulotlarini sinovdan o`tkazish va certificatsiya qilish, yangi transformator va transformator nimstantsiyalarini o`rnatish, joyiga olib borish, montaj qilish, ishga tushirish bo`yicha xizmat ko`rsatish xizmatini ko`rsatish;
-yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalariga ko’ra, fuqarolik va ishlab chikarish texnik xarakteridagi ob’ektlarni qurish va ta’mirlash;
- o'z do'konlari tizimi orqali namunali firma savdosini tashkil qilish;
- xalq iste'moli mollari va ishlab chiqarish texnik xarakteridagi mahsulotlarni saqlash va omborxona xizmatlarini ko'rsatish;
- buyurtmachilarga transformator maxsulotlarini loyixalashtirish va ishlab chiqarish, ularni sotish, texnik xizmat ko’rsatish, ta'mirlash va islatilayotgan transformator va transformator podstansiyalari parkini yangilash masalalari yuzasidan transport, marketing, konsalting xizmatlarini ko'rsatish;
Jamiyatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish, qayta ta’mirlash va kengaytirishga sarmoyadorlarning moliyaviy mablag’larini, aqliy mulk ob’ektlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari va alohida nomulkiy xuquqlarini jalb etish;
- ulgurji savdo;
- Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlariga muvofiq tashki iqtisodiy faoliyat yuritish;
- O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida ta'qiqlanmagan va Ustavda kayd etilmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.
3. Jamiyat yuqorida ko’rsatilgan faoliyat turlaridan tashqari tadbirkorlik faoliyatining qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa turlari bilan shug'ullanishi mumkin.
4. Maxsus ruhsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat turlari tegishli ruhsatnoma (litsenziya) olingandan so’ng amalga oshiriladi.
5. Jamiyatning tashqi iqtisodiy faoliyati qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.