Загрузка...

Найди цель, ресурсы найдутся
© Mahatma Gandhi

Tojikistonda transformator ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma kelishuv imzolandi

Birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumi doirasida «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga aʼzo «Chirchiq Transformator zavodi» bilan Tojikistonning Xatlon viloyatidagi «Transformator” OАJ o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar quvvati 25 kVА dan 2500 kVА gacha bo‘lgan 6 kVА, 10 kV kuchlanishli TMG tipidagi elektr energiyasini taqsimlovchi transformatorlarni ishlab chiqarish va yig‘ish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiradilar.

 

Xabaringiz bo‘lsa, 2020 yilning sentyabr oyida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi M.Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Xatlon viloyatidagi «Transformator» OАJ zavodiga tashrif buyurib, korxona direktori Nazarali Davlatshoev bilan muzokara olib borgan edi. O‘tgan davr mobaynida “Transformator” OАJ va “ChTZ” AJ (Chirchiq Transformator zavodi) АJ bilan hamkorlikda mahsulotlar ishlab chiqarish, butlovchi qismlar ishlab chiqarib yetkazib berish bo‘yicha bir qator muzokaralar amalga oshirildi.